I. Yo'llanma narxi, to'lov shakli va shartlari
2.1. Xizmatlar narxi O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida jamiyat tomonidan belgilanadi.
2.2. Ushbu shartnoma imzolanganda, mijoz turning yoki ko'rsatiladigan xizmat qiymatining 100 foizini to'laydi. To'lov O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo'lmagan tartibda so'mda amalga oshiriladi.
2.3. To'lovning tasdiqlanishi naqd pul tushumlari, bank to'lov hujjatlari, shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar orqali amalga oshiriladi.
II. Tomonlarning javobgarligi va boshqa shartlar
"MIJOZ"
3.1. "Turoperator" so'roviga muvofiq hujjatlarning aslini yoki nusxalarini to'liq (har bir murojaat etuvchi bo'yicha) taqdim etish majburiyatini oladi. Hujjatlar ro'yxati so'ralgan viza turiga va chet el qonunchiligidagi o'zgarishlarga muvofiq o'zgarishi mumkin.
3.2. "Mijoz" "Turoperator"ga viza xizmatini amalga oshirish va aviachipta va mehmonxonani bron qilish uchun zarur bo'lgan mablag'ni taqdim etishi shart.
3.4. Chegara va bojxona nazoratidan mustaqil o'tish uchun samolyot jo'nashidan kamida 3 soat oldin ro'yxatdan o'tish uchun aeroportga kelishi shart.
3.5. "Mijoz" safarga chiqishdan oldin Majburiy ijro byurosi tomonidan xorijga chiqish uchun taqiqlar mavjud yoki mavjud emasligini tekshirib oladi. Agarda Majburiy ijro byurosi tomonidan mijozda xorijga chiqish uchun taqiq mavjud bo'lsa, "Mijoz" o'zining ma'lum bir sabablariga ko'ra yoki o'z xohishiga ko'ra safarga bormasa "Turoperator" tomonidan taqdim etilgan sayyohlik paketining viza (agar viza olingan bo'lsa) va sotib olingan aviachipta xarajatlarini to'liq qoplab beradi.
3.6. âTuroperatorâ tomonidan mijoz uchun Aviachipta bronlari va Chet-eldagi mehmonxona xizmatlari âTuroperatorâ va âMijozâ o'rtasida kelishuvga qarab "Turoperator" tomonidan to'g'ridan-to'g'ri pul o'tkazish yo'li bilan yoki âMijozâ tomonidan joyiga yetib borgandan so'ng o'zi tomonidan mustaqil ravishda va to'liq amalga oshiriladi. Mijoz chet eldagi mehmonxona xizmatlari uchun to'lov to'liq amalga oshirilmagan taqdirda, mehmonxona ma'muriyati mijozga mehmonxonadan yotoqxona ajratmaslik huquqiga ega.
"TUROPERATOR"
3.6. "Turoperator" xorijiy davlat, elchixona va konsullik migratsiya qonunchiligining qoidalariga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi.
3.7. "Mijoz" tomonidan "Turoperator"ga hujjatlar to'liq taqdim qilinmagan taqdirda, "Turoperator" viza, aviachipta va mehmonxona uchun bron qilish bo'yicha "Mijoz"ga rad javobi berishi mumkin.
3.8. "Turoperator" mijoz tomonidan to'liq bo'lmagan yoki noto'g'ri ma'lumotlarni (qasddan yoki bilmagan holda) taqdim etganligi uchun javobgar emas.
3.9. Mijozga xorijiy davlat vizasi, aviachipta va mehmonxona bron qilish bo'yicha rad javobi berilgan taqdirda "Turoperator" javobgar emas.
3.10. "Turoperator" viza xodimining "Mijoz"ga xorijga chiqishga rad qilish bo'yicha qarori uchun javobgar emas. "Turoperator" elchixona yoki konsullik xodimlari tomonidan og'zaki yoki elektron pochta, elektron va SMS xabarnoma orqali taqdim etilgan ma'lumotlar uchun javobgar emas. "Turoperator" viza berishni ko'rib chiqish vaqti, shuningdek, viza muhridagi xatolar va viza shartlaridagi xatolar va elchixona yoki konsullikda va konsullik xodimlari tomonidan sodir etilgan boshqa harakatlar uchun javobgar emas.
3.11. "Turoperator" quyidagi hollarda "Mijoz" oldida ma'naviy va moddiy zarar ko'rganlik uchun javobgar bo'lmaydi.
III. Shartnomani amal qilish muddati
4.1. Ushbu shartnoma "Turoperator" va "Mijoz" tomonidan imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va mijoz safarga borib kelgandan so'ng 30 kalendar kun davomida amal qiladi.
4.2. Shartnomaga kiritilgan barcha o'zgartish va qo'shimchalar, agar ular yozma ravishda tuzilgan bo'lsa "Turoperator" va "Mijoz" yoki uning oila a'zolari tomonidan imzolanganidan so'ng amal qiladi.
IV. Shartnomani o'zgartirish va bekor qilish tartibi
5.1. Ushbu shartnoma tomonlarning kelishuviga binoan yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ushbu shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
V. Tomonlarning javobgarligi
6.1. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan barcha nizolar va kelishmovchiliklarni tomonlar o'zaro muzokaralar yo'li bilan hal qilishga harakat qilishadi.
6.2. Agar Turoperator va mijoz o'rtasidagi kelishmovchiliklar muzokaralar yo'li bilan bartaraf etilmasa, ular O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal etiladi.
VI. Fors-major
7.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganlik uchun qisman yoki to'liq uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bu holat ushbu shartnoma tuzilganidan keyin favqulodda holatlar natijasida yuzaga kelgan fors-major holatlar natijasida yuzaga kelgan bo'lsa. Ya'ni suv toshqini, yong'in, zilzila va boshqa tabiiy hodisalar, shuningdek, urush, harbiy harakatlar, blokada, davlat idoralarining harakatlari, ish tashlashlar, aloqa va elektr ta'minotini yo'qolishi.
VII. Shartnomaning shartlari
7.1. Ushbu shartnoma tomonlar tomonidan imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va mijoz sayohatdan qaytgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida amal qiladi. Ushbu shartnoma bo'yicha da'volar uning amal qilish muddati tugagandan so'ng haqiqiy emas.
7.2. Agar ushbu shartnomaning qoidalaridan biri o'z kuchini yo'qotsa yoki amaldagi qonunchilikka zid bo'lsa, uning qolgan qoidalari o'z kuchida qoladi.
7.3. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha o'zgartirishlar va qo'shimchalar faqat jamiyat va mijoz yoki uning ishonchli vakillari tomonidan kelishilgan va imzolangan taqdirda kuchga kiradi.
Tomonlarning ma'lumotlari
Nomi: âSALAAMâ MCHJ
Manzil: ANDIJON VILOYATI ANDIJON SHAHAR B.Minal koâchasi, 1-tor, 18-uy
Telefon: 95 502 20 00
STIR: 306030734
OKED: 79120
X/R: 20208000300980218002
Bank: ANDIJON Sh., "KAPITAL" ATB BANKINING ANDIJON FILIALI
MFO: 01158
Pochta: salaamtraveluz@gmail.com
Sayt: salaamtravel.uz